Malayziyaning Kuala- Lumpur xalqaro aeroportida «KLIA Awards 2016» mukofotini 12-taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Unda “O`zbekiston havo yo`llari” “Markaziy Osiyoning yo`lovchilarni tashish bo`yicha eng yaxshi chet el aviakompaniyasi” nominasiyasida g`olib deb topildi.
Mazkur mukofotni Malayziya aeroportlar uyushmasi boshqaruv direktori Datuk Badlisham Gazali topshirdi. Mukofotlash chog`ida u O`zbekistonning milliy aviatashuvchisi birinchilardan bo`lib KLIA aeroportiga Voeing 787 Dreamliner laynerida muntazam qatnov amalga oshira boshlaganini qayd etdi.






