Kuni kecha O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi hamda IIB hamkorligida Qarshi shahridagi klublar, chilimxonalarda tungi reyd o`tkazildi.
Reyd davomida,afsuski, kishi dilini ranjitadigan qator holatlarga duch kelindi. Unda yosh qizlar va o`smir yigitlarning nazoratdan chetda qolib, ushbu muassasalarda vaqt o`tkazayotgani aniqlandi.
Hamkorlar aniqlangan holatlar yuzasidan voyaga etmagan yoshlarning ota-onalari bilan uchrashuv o`tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.






