1

Eng g`alati avtomobil opsiyalari (FOTO)

Dunyo 06.12.2013, 15:38
Eng g`alati avtomobil opsiyalari (FOTO)
“Motor” nashri eng g`alati avtomobil opsiyalarini tanladi,har qanday haydovchi bemalol ularsiz ham yashashi mumkin.
 
Changyutkich

Qaysi avtomobilda:HondaOdyssey



Mutaxassislarning qayd etishicha, aslida ushbu “juda foydali” opsiyadan bor-yo`g`i ikki marta foydalanishga to`g`ri keladi: birinchi marta o`z qiziqishingizni qondirish maqsadida, ikkinchi marta – do`stlar oldida miniven xaridini oqlash uchun.    



Keyin esa achinish hissini tuyasiz: changyutkichli va changyutkichsiz Odyssey avtomobillarining narxi orasidagi farq ikki yarim ming dollardan oshadi. Bu pulga mashina salonini necha
marta tozalash mumkin bo`lishini bir tasavvur qiling.
 
Old paneldagi sovutgich
Qaysi avtomobilda:DodgeAvenger



Mashinada sovutgichning bo`lishi ajoyib g`oya. Ayniqsa issiq havoda biror salqin ichimlikdan
ho`plash jonning huzuri. Biroq...



"Chill Zone” deb nomlanuvchi saqlanish joyiga 0,33 litrlik bor-yo`g`i to`rtta banka sig`adi.
Buning ustiga yaqinroqdagi yo`lovchilar o`tiradigan joy eshigigacha faqat basketbolchining
qo`li etishi mumkin.
 
 
Itlar uchun to`plam
Qaysi avtomobilda: Honda Element



“Honda Element” krossoveri – hatto AQShda ham unchalik ommabop bo`lmagan model. Shu bois, qaysidir bir paytda “Xonda” marketologlari o`z modeliga sakbonlarning e`tiborini tortishga qaror qiladi. Natijada, krossover uy hayvonlari uchun mo`ljallangan yangi opsion paketga ega bo`ldi.



Shu tariqa, qo`shimcha uskunalar paketidan hayvon tirnoqlariga chidamli bo`lgan orqa divan qoplamasi, suyaklar surati tushirilgan alohida pol gilamchalari va yukxonada turadigan budka o`rin oladi. Aytish joizki, budka o`lchamlari bo`yicha yukxonadan farq qilmaydi.



Shunday qilib, “Xonda” mashinani yukxonadan xalos etish uchun xaridorlardan ming dollar so`raydi! Biroq sotuvlarni ko`tarishning ushbu original usuli ish bermaydi.
 
Openometr
Qaysi avtomobilda: MINI kabrioleti



MINI avtomobillari g`alati odamlar tomonidan xuddi shunday g`alati odamlar uchun yaratilgan deyish mumkin. Bir qarasang katta lagan o`lchamidagi spidometrni ko`rasan, bir qarasang – taxometr yonida tushunarsiz “openometr” turgan bo`ladi. Ushbu oxirgi asbob tarixdagi eng befoyda opsiyalar beshtaligidan o`rin olishini ishonch bilan aytish mumkin. 
Nomidan ham ko`rib turganingizday, openometr haydovchi mashina tomini yopgan holda qancha vaqt yurganini ko`rsatadi.
 
Avtomat tarzda yuritiladigan soat
Qaysi avtomobilda:Oldsmobile



Avtomobilga o`rnatilgan mexanik soatlar salobatli ko`rinadi, avtomat tarzda yuritiladigan mexanik soatlar esa undan ham zo`r. Aynan shunday sotalar 1950-yillarda Amerikaning “Oldsmobil”lariga o`rnatilgan. To`g`ri, xronometr o`zining an`anaviy joyi bo`lgan old konsolda emas, balki bevosita rul aylanasida joylashgan.



Ko`rib turganingizday, soatlar uchun noqulay joy tanlangan. Ha, bunda rul aylanganida
soatlar ham yaxshiroq yuritilgan, biroq, agar haydovchi burilish joyida vaqtni ko`rgisi kelib qolsa, buning mutlaqo iloji bo`lmagan. Buning ustiga soat juda pastroqda o`rnatilgan bo`lib (rul aylanasining pastki sektorida), undan hatto avtomobil to`xtab turgan paytda ham foydalanishning iloji bo`lmagan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1