1

Sergelida gaz ballonli avtomobilda yong`in chiqdi

Jamiyat 07.12.2013, 20:31
Sergelida gaz ballonli avtomobilda yong`in chiqdi
Bugun 7 dekabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan Korzinka.uz supermarketi avtomobil to`xtash joyida VAZ rusumli avtomobil yonib ketdi.

"VAZ mashinasining egasi avtomobilni to`xtash joyida qoldirib, supermarketga kirib ketgan, shu payt, mashina saloni tutunga to`la boshlagan, deya xabar beradi uz24.uz.

Supermarket havfsizlik xizmati xodimlari darhol o`t o`chirish xizmatiga qo`ng`iroq qilib, ular kelgunga qadar o`zlari o`tni o`chirishni boshlaganlar.

O`t o`chirish brigadasi sanoqli daqiqalarda etib keldi va tez orada yong`in bartaraf etildi.

“Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q"- deydi guvohlardan biri. 

Ma`lumotlarga ko`ra, yong`in chiqqan avtomobilga gaz ballon o`rnatilgan bo`lgan. Tezkor harakat natijasida gaz ballonga shikast etmagan va portlash yuz bermagan. 

Hozirda yong`in sabablari o`rganilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko`ra, bunga avtomobil elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo`lgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1