AsosiySport

​O`FF PREZIDENTI UMID AHMADJONOV RASMIY SAFAR BILAN QATARDA

'​O`FF PREZIDENTI UMID AHMADJONOV RASMIY SAFAR BILAN QATARDA'ning rasmi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad ol Taniyning taklifiga ko`ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan “Aspire”ga tashrif buyurdi.

“Aspire” bizda juda katta taassurot qoldirdi”, - deydi Umid Ahmadjonov O`FF matbuot xizmatiga. “Ertaga Qatar Futbol Uyushmasi bilan memorandum imzolanishi oldidan, o`ylaymanki, bugungi safar juda samarali bo`ldi. Biz ikki mamlakatda bolalar-o`smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida ushbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yishni rejalashtirganmiz”.

Umid Ahmadjonov bugun, shuningdek, “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida bo`ldi. O`FF delegasiyasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, “Aspetar”ning O`zbekiston futboli uchun foydali jihatlarini yaqindan o`rganishga muvaffaq bo`ldilar.

Umid Ahmadjonov 17 oktyabr kuni Dohada Qatar Futbol Uyushmasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniy bilan uchrashadi. Uchrashuv yakunlariga ko`ra O`zbekiston va Qatar futboli rahbarlari o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O`FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vise-prezidentiAbdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.

Boshqa yangiliklar