1

“Honda” mobil telefonlar uchun xavfsizlik yostiqchasini ishlab chiqdi (VIDEO)

Hi-tech 09.12.2013, 15:01
“Honda” mobil telefonlar uchun xavfsizlik yostiqchasini ishlab chiqdi (VIDEO)
“Honda” kompaniyasi mobil telefon tushib ketgan paytda uning displeyi va korusini shikastlanishdan saqlovchi xavfsizlik yostiqchasining prototipin taqdim etdi.

“Case N” nomini olgan ushbu jihoz smartfonning qulash paytini aniqlash imkonini beruvchi tezlatish datchigi bilan jihozlangan. Xavfsizlik yostiqchasi 0,2 soniya ichida ochiladi. “Xonda” muhandislarining so`zlariga ko`ra, bu mobil telefonlar bozoridagi birinchi shunday ixtiro hisoblanadi.

Qurilmani chiqarish rejalashtirilmayapti. Uning namoyish etilishi “Xonda”ning “Hamma uchun xavfsizlik” ("Safety for Everyone") nomli konsepsiyasining reklamasiga aylandi. Mazkur konsepsiya modellarni passiv va aktiv xavfsizlik tizimlarning to`liq to`plami bilan
jihozlashni ko`zda tutadi. 

<center><iframe width="560" height="315" src="//www.youtube.com/embed/Ohp_PbYghWE" frameborder="0" allowfullscreen></iframe></center>

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1