​3 KG. GIYoHVAND MODDA QO`LGA TUShIRILDI

Jinoyat 19.10.2017, 10:29
​3 KG. GIYoHVAND MODDA QO`LGA TUShIRILDI

2017 yil 15 oktyabr kuni soat taxminan 11:00 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Kinologiya xizmat iti ishtirokida, “Neksiya” rusumli avtoulov to`xtatilib tekshirilganda, mazkur avtoulov yo`lovchisi, 1973 yilda tug`ilgan Agzamov Baxtiyor Turg`unovichning yonidan og`irligi 3 kilogramm 656,4 gramm bo`lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o`tkazish maqsadini ko`zlamay, ko`p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1