AsosiySport

​MILLIY TERMANI BAA BILAN O`YINGA RO`ZIQUL BERDIEV OLIB BORADI

'​MILLIY TERMANI BAA BILAN O`YINGA RO`ZIQUL BERDIEV OLIB BORADI'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasini Birlashgan Arab Amirliklaridagi o`rtoqlik uchrashuviga Ro`ziqul Berdiev olib boradi. Bu haqida bugun O`zbekiston Futbol Federasiyasida bo`lib o`tgan majlisda Umid Ahmadjonov ma`lum qildi.

O`zbekiston terma jamoasi yoshartirilishi munosabati bilan tarkib butkul yangilanmoqda. BAAga qarshi o`yinda yoshlar sinovdan o`tkaziladi.

“Biz kelajak uchun istiqbolli rejalar tuzayapmiz. Shu tamoyilga sodiq qolgan holda milliy terma jamoa tarkibini yoshartirish yo`lidan boramiz”, – deydi Umid Ahmadjonov O`FF matbuot xizmatiga. “BAA bilan o`yin milliy terma jamoa tarkibiga nomzod bo`lgan yangi yoshlarni saralab olish va ularni sinovdan o`tkazish imkonini beradi. Jamoani maydonga Ro`ziqul Berdiev boshlab tushadi”, – deydi Umid Ahmadjonov.

O`zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan 14 noyabr kuni mehmonda o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. O`yin bo`lib o`tadigan stadion va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.

    Boshqa yangiliklar