O`FF prezidenti milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy taklif qilinishi to`g`risida quyidagilarni ma`lum qildi.
“Biz 20-25 kun ichida milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy tayinlanishi haqida aytib o`tgandik. Bugungi kunda bir qancha nomzodlarni ko`rib chiqdik, lekin, hozircha, bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi. Ammo, izlanishdamiz, muzokaralar olib bormoqdamiz”,
– deydi Umid Ahmadjonov.
O`zbekiston terma jamoasini Birlashgan Arab Amirliklaridagi o`rtoqlik uchrashuviga Ro`ziqul Berdiev olib borishi haqida bugun O`zbekiston Futbol Federasiyasida bo`lib o`tgan majlisda Umid Ahmadjonov ma`lum qildi.