2017 yilning 18 mart kuni Rossiyada navbatdagi prezident saylovi bo`lib o`tadi.
Teleboshlovchi Kseniya Sobchak Rossiya prezidentligiga o`z nomzodini qo`ymoqchi ekanligi haqida ma`lum qilgan edi. Uning ochiq murojaati «Vedomosti» nashrida berildi. Bugungi kunda nomzodlar orasida u yagona ayol hisoblanadi.
Vladimir Putin Valday forumidagi uchrashuv ishtirokchilarning savollariga javob berish jarayonida, "Bizda hamma narsa bo`lishi mumkin, Rossiya prezidenti ayol kishi ham bo`lishi mumkin", deya aytib o`tdi. Bu haqda life.ru nashri xabar berdi.






