Tennischimiz Jo`rabek Karimov Malayziyada Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli turnirda o`zining dastlabki sovrinini qo`lga kiritdi.
Jo`rabek “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda rossiyalik Aleksandr Malishev, hindistonlik Suraj Prabodx, qozog`iztonlik Denis Evseev hamda yaponiyalik Ryota Tanumani mag`lubiyatga uchratib, final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
Finalda J.Karimov AQSh vakili Evan Songga qarshi kortga chiqdi. Bahsning birinchi setida tay-brekda g`alaba qozongan tennischimiz ikkinchi setda 6:2 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa 19 yoshli Jo`rabek Karimov musobaqaning bosh sovrinini qo`lga kiritdi.






