1

​TOShKENTDA RETRO KINOZAL OChILADI

Madaniyat 23.10.2017, 13:38
​TOShKENTDA RETRO KINOZAL OChILADI

Ilk marta poytaxtimizda tajriba sifatida “O`zbek kinosi durdonalari” rukni ostida retro kinozali ishga tushiriladi. Alisher Navoiy nomli kinosaroyda tashkil qilinayotgan ushbu kinozalning ochilish marosimi 2017 yil 23 oktyabr soat 17:00da bo`lib o`tadi.

“O`zbek kinosi durdonalari” retro kinozalining yaqin bir oylik repertuari bilan tanishing:

Dushanba – “Abu Rayhon Beruniy” (muallif – P.Bulgakov, rejissyor – Sh.Abbosov) badiiy filmi, 1974 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi;

Seshanba – “Integral” (ssenariy muallif va postanovkachi rejissyor – X.Axmar) badiiy filmi, 1970 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi;

Chorshanba – “Sinchalak” (ssenariy muallifi – A.Qahhor,postanovkachi rejissyor – L.Fayziev) badiiy filmi 1961 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi;

Payshanba – “Atrof oppoq qorga burkangan” (ssenariy mualliflari - Q.Kamalova, A.Abbasova, postanovkachi rejissyor – Q.Kamalova) badiiy filmi, 1996 yil, “Shod” ijodiy uyushmasi;

Juma kunlari – “Dilbarim” (ssenariy muallifi – O.Yoqubov, postanovkachi rejissyor – Yu.Stepchuk) badiiy filmi, 1967 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi mahsuloti;

Shanba – “Abu Ali ibn Sino” (ssenariy mualliflari – V.Vitkovich, S.Ulug`zoda, postanovkachi rejissyor – K.Yormatov) badiiy filmi, 1956 yil, Toshkent kinostudiyasi;

Yakshanba – “Yolg`iz yodgorim” (ssenariy muallifi – X.Sulton, postanovkachi rejissyor – S.Nazarmuhamedov) badiiy filmi, 1998 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1