1

Madad-shifo: “SURGI DORILAR ZARAR EMASMI?”

Salomatlik 24.10.2017, 15:13
Madad-shifo: “SURGI DORILAR ZARAR EMASMI?”

— Anchadan beri qabziyatdan qiynalaman. Meva va sabzavotlarni sira kanda qilmasam-da, baribir shu muammodan forig` bo`lolmadim. So`ng parhezni tashlab, surgi dorilarga o`tib oldim. Endi bo`lsa xavotirdaman, doriga o`rganib qolsam-chi? Shunday bo`lishi mumkinmi?

Shukrullo Mahkamov, Andijon viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Qabziyatning sabablarini bilishdan oldin quyidagi holatlarga diqqat qarating.Ushbu holat yo`g`on ichak harakat tizimining buzilishi, hazm faoliyatining me`yorda emasligi, asab bilan bog`liq o`zgarishlar, stress, kam suyuqlik ichish, kamharakatlilik tufayli paydo bo`ladi. Qabziyat organizmga jiddiy ziyon etkazishi mumkin. Shu bois beparvolik yaramaydi. Kasallikni davolashda taomnoma va ba`zi tavsiyalarga e`tibor qaratish lozim. Avvalo bir kunda 4-5 mahal oz-ozdan ovqatlaning. Ko`proq suyuqlik iching. Meva va sabzavotlarni kanda qilmang.

Shirinliklar, oshirma xamirdan tayyorlangan pishiriqlardan voz keching. Har kuni yarim soat piyoda yuring. Bu ichaklarni harakatga keltiradi. Hojatga chiqishda qovuq to`lishini kutib o`tirmang. Bu ham qabziyatga olib kelishi mumkin.

Surgi dorilarga kelsak, ta`siri bo`lishi rost. Ammo ko`nikma hosil bo`lsa, organizmingiz o`zini-o`zi eplolmay qoladi. Buning esa foydadan zarari ko`p. Yaxshisi, bir-ikki marta surgi dorisidan foydalangach, ovqatlanish tartibi va turmush tarzini yaxshilashga harakat qiling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1