1

​EMIZIKLI AYoLLAR UChUN FOYDALI NONUShTA

Salomatlik 24.10.2017, 17:45
​EMIZIKLI AYoLLAR UChUN FOYDALI NONUShTA

SULI YoRMASI + SUT

Sut va suli qorinni to`q tutadi. Eng muhimi, organizmda yog` paydo qilmaydi. Shu bilan birga tug`ruqdan so`ng teri ko`rinishini ham yaxshilaydi.

TVOROG + MAYIZ

Yog`siz tvorogga ozroq shakar aralashtirib, 1 osh qoshiq mayiz qo`shing. Istasangiz, non ustiga surtib yoki o`zini qoshiqlab eyishingiz mumkin. Qaymoq yoki smetana aralashtirish tavsiya etilmaydi. Bu kichkintoyning qorinchasini og`ritib qo`yadi.

PIShLOQ + SARIYoG`

Ikki bo`lak non ustiga yupqa qilib sariyog` surting-da, pishloq qo`ying. So`ng 2 daqiqa mikroto`lqinlik pechda eritib olasiz. Yumshoqqina nonushta engil hazm bo`lib, oqsil zahirasin to`ldiradi.

QORA ChOY + SUT

1 choy qoshiq qora choyni yarim piyola suv bilan qaynatib, 250 gr sutni qo`shing. Ta`bga ko`ra tuz va sariyog` solsangiz ham bo`ladi. Issiqqina mazali sut-choyni yumshoq bulochka bilan tanovul qilishingiz mumkin.

NA`MATAK + ShAKAR

Emizikli ayol suyuqlikka ko`proq ehtiyoj sezadi. Bu talabni esa shunchaki suv emas, balki foydali ichimliklar bilan qoplaganingiz ma`qul. Masalan, na`matak damlamasiga ozgina shakar qo`shib, ichishingiz mumkin. Yoki olma sharbati, suyuq qatiq ham foydadan xoli bo`lmaydi. Limon, maymunjon yoki qorag`at jemi qo`shilgan choylar esa tavsiya etilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1