Mashhur «Leon» filmi orqali qadrdon bo`lib qolgan 12 yoshli qizaloq Natali Portman 1981 yili Quddus shahrida dunyoga kelgan. Kino va teatr aktrisasi «Qora oqqush» (Chyorny lebed) filmidagi bosh roli uchun «Oskar», «Oltin Globus», «VAFTA» va «Saturn» mukofotlarini qo`lga kiritgan.
1. «Yoshligimda kosmonavt, shifokor, veterinar bo`lishni orzu qilardim. Lekin hammasidan ham suv parisi bo`lishni istagan edim».
2. «Baland poshnali tuflilarga qarshi urush e`lon qilaman. Hamma haqiqiy ayol baland poshnada yurishi kerak, deb hisoblaydi. Ammo men oyoqlar qancha uzun ko`rinsa, shuncha chiroyli degan g`alati fikrni hech tushuna olmayman».
3. «O`zim haqimdagi fikrni yuzimga ayta olgan inson Vudi Alen bo`ladi! U menga: “voy Xudo, muncha qo`rqinchlisan!” degan edi».
4. «Biz turmush o`rtog`im bilan tomorqamiz uchun kimyoviy o`g`itlardan foydalanmaymiz, gibridli avtoulovimiz bor va vegetarianmiz. Farzanding uchun sayyoramizda oldingiday sog`lom muhit hukmronlik qilishini o`ylar ekansan kishi».
5. «Ba`zida sen qo`ya oladigan eng katta qadam, bu «yo`q» deya olishingdir».
6. «Hamma narsani yurakka yaqin oladigan insonlar kuchli sevishga qodirlar».
7. «Otam menga oddiy bir qoidani o`rgatgan: hayotda bo`lmagan narsa, teleekranga ko`chmasligi kerak».
8. «Telefonda ko`p gaplashaman, chunki ko`nglimga yaqin insonlar bilan ko`p vaqt o`tkaza olmayman».
9. «O`zimga o`xshagan chiroyli, dono, bilimli, do`stlari ko`p, moliyaviy jihatdan o`zini ta`minlay oladigan qizim bo`lishini istayman».
10. «Otamda eski va buzuq «shevrole», onamda esa yaroqsiz «oldsmobil» bo`lardi. Ular katta uy va qimmat buyumlarga pul sarflab o`tirishmasdi. Lekin birorta ham yangi kino yoki spektakl premerasini qoldirmasdik, ko`p sayohat qilar edik».
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






