AsosiySport

BLATTERGA TEGIShLI KOMPANIYa BILAN KELIShUV BEKOR QILINDI

'BLATTERGA TEGIShLI KOMPANIYa BILAN KELIShUV BEKOR QILINDI'ning rasmi

Blatterga tegishli kompaniya bilan kelishuv bekor qilindi

2018 yili Rossiyada bo`lib o`tadigan jahon chempionati tashkiliy qo`mitasi Match Hospitality AG kompaniyasi bilan ishlash shartlarini o`zgartirdi. FIFAning sobiq prezidenti Jozef Blatterning oila a`zolariga tegishli bu kompaniya jahon chempionati o`yinlari vaqtida stadionlarda VIP-lojalarga xizmat ko`rsatishi belgilangandi. Bu o`rinlar uchun chiptalar ham shu kompaniya tomonidan sotilishiga kelishilgandi.

RBK manbasi ma`lumotiga ko`ra, JCh-2018 tashkiliy qo`mitasi ushbu kompaniya bilan kelishuvni bekor qilgan. Tez orada VIP-lojalar bo`yicha yangi pudratchini tanlash uchun tanlov o`tkaziladi. Kelishuvning bekor qilinishi sababi ma`lum qilinmagan.

Shu bilan birgalikda, Match Hospitality FIFA bilan JCh o`yinlari uchun VIP-paketlar sotish bo`yicha kelishuvni saqlab qolgan. Chiptalar sotuvi 2017 yilning iyunida yo`lga qo`yildi.

Eng qimmat chiptalar paketi («Kata uchlik» seriyasi) 2,8 mln dollardan taklif etiladi. Bu mablag` evaziga xaridor Moskvadagi «Lujniki» va «Spartak» stadionlarida shuningdek, Sankt-Peterburgda kechadigan barcha o`yinlarda vip-lojada bo`lishi mumkin. Shu tariqa, bu paket orqali, ochilish o`yin yarim final o`yinlari va final o`yinini tomosha qilish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar