O`rmonlari orasida joylashgan bu qabristonda eskirgan mashinalar saqlanadi. The Daily Mail nashrining xabar qilishicha, bu erda mingdan ortiq mashina mavjud. Mashinalar saqlanadigan maydon narxi esa 100 ming funt sterlingni tashkil qiladi.
Qabristonda 50-yillarning klassik avtomobillari zanglab yotibdi. Bu avtomobillarni minglab eski avtomobillar kolleksionerlari orzu qilishadi.
Bu maydonda ilgari ikki aka-ukalar eski mashinalarni yig`ishgan. Ikkinchi jahon urushidan so`ng esa maydon mashinalar bilan birga tashlab ketilgan. To`plam orasida 20 asrda ishlab chiqarilagan Opel, Ford, Volvo, Buick, Audi, Saab rusumidagi mashinalarni uchratish mumkin.










