1

Madad-shifo: TOMOQ OG`RIGANDA...

Salomatlik 26.10.2017, 15:10
Madad-shifo: TOMOQ OG`RIGANDA...

— 13 yoshli o`g`limning tez-tez tomog`i og`rib turadi. Sovuq suv ichsa, bas, yo`tala boshlaydi. Bu kasallikni kimyoviy dorilarsiz davolashning iloji bormi?”

Dildora Chorieva, Surxondaryo viloyati

— Ibn Sino bobomiz shotut bargining shirasi bilan tomoq, og`iz bo`shlig`i va tish kasalliklarini davolagan. Buning uchun shotut mevasi suvi bilan tomoq g`arg`ara qilinadi yoki og`izga olib aylantiriladi.

Shirin bodom yog`iga shakar qo`shib istemol qilinsa, tomoqni yumshatib, ovozni ravon qiladi, quruq yo`taldan xalos etadi.

Olxo`ri bargi yoki ildizini suvda qaynatib, suvida g`arg`ara qilinsa, halqumdagi tilchaning shishi va tomoqdagi bodomchasimon bezlar shishini qaytaradi.

Tomoq balg`amdan og`riganda, og`riq uncha bilinmay, og`iz to`lib suv keladi. Shunda anjirni qaynatib, har chanqaganda suvini ichish foyda beradi.

Bir choy qoshiqdagi ichimlik sodasini va shuncha tuzni bir piyola qaynoq suvda eritib, iliq holida tomoq chayilsa, og`riqni daf qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1