1

Madad-shifo: VITAMINLARGA BOY BODOM

Salomatlik 26.10.2017, 15:37
Madad-shifo: VITAMINLARGA BOY BODOM

— Bodomning inson organizmiga qanday foydasi bor? Uni soch va terini sog`lomlashtiradi, deyishadi. Shu rostmi?

Gulchehra Xidirova, Qoraqalpog`iston Respublikasi

— Bodom mag`zida inson organizmi uchun zarur bo`lgan komponentlar mavjud. U vitaminlar va mikroelementlar manbai hisoblanadi. Tarkibida yog`, oqsil, uglevod, kalsiy, temir, fosfor, vitamin S, beta karotin mavjud. Inson organizmidagi modda almashinuvini yaxshilaydigan, tishlar, soch va terini sog`lom faoliyatini ta`minlaydigan V1, V2 vitaminlari bor.

Organizmda oterskleroz rivojlanishini susaytiradi yoki to`xtatadi, yurakni ishemiya kasalligidan himoya qiladi. Bodom mag`zidan tayyorlangan oziqa parhezli taom hisoblanadi va undan bolalarning qand kasalligini davolashda foydalaniladi.
Har kuni bodom mag`izini iste`mol qilgan insonning qon tarkibida E vitamin miqdori ortishi hamda xolesterin miqdorining kamayishi tadqiqotlar asosida isbotlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1