1

Madad-shifo: ORGANIZMNI ShLAKLARDAN TOZALAYMIZ

Salomatlik 26.10.2017, 15:51
Madad-shifo: ORGANIZMNI ShLAKLARDAN TOZALAYMIZ

— Organizmdan shlaklarni chiqarib yuborishning xalq tabobatida sinalgan usullari haqida ma`lumot bersangiz...

Saida Karimova, Xatirchi tumani

— Muntazam sog`lom yurishning yana bir sharti — bot-bot surgi qilib yoki boshqa usullar bilan ichni turli zararli shlaklardan tozalab turishdir. Agar hamma ichki a`zolaringizni to`la “yuvmoqchi” bo`lsangiz, o`n bir kun davomida har kuni uch kilodan tarvuz eganingiz yoki sharbatini ichganingiz ma`qul.

Agar kishi har o`n-o`n besh kunda bir marta kech kirishi bilan bir litrdan qatiq zardobini ichib yursa, qon bosimi, qand, bavosil, oshqozon og`rig`i kabi xastaliklardan xalos bo`ladi. Yotish oldidan bir stakan qatiq ichish yoki sabzi iste`mol qilishning ham sog`liqqa katta foydasi bor.

Pishgan ho`l olxo`rini ovqatdan oldin esangiz, suyuq safroni ich ketkazish orqali yo`qotadi, safro isitmasidan va shu tufayli bosh og`rishidan xalos qiladi, safro oshib ketishini pasaytiradi, me`dada safro moddasi oshib ketishi tufayli bo`ladigan yurak behuzurligini bartaraf etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1