AsosiySalomatlik

Madad-shifo: TURPNING FOYDASI VA ZARARI

'Madad-shifo: TURPNING FOYDASI VA ZARARI'ning rasmi

Turp o`zining tarkibiga ko`ra, organizmda etishmayotgan vitaminlar va mineral tuzlar o`rnini to`ldirishda juda foydalidir. U mikroblarga qarshi kurashuvchan kuchli xususiyatlarga ega.

Turp sharbatining qo`llanilishi

Sharbati ichak yo`llari faoliyatining to`g`ri yuritilishiga, sochlarni mustahkamlashga iste`mol qilinadi. Bu sabzavot kishining ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Uning iste`moli aterosklerozning, shishlarning, o`t pufagi va peshob yo`llarida tosh paydo bo`lishining oldini olishda yaxshi foyda beradi.

  • Xalq tabobatida qirg`ichdan chiqarilgan turpdan radikulitni davolashda foydalaniladi.
  • Qirg`ichdan o`tkazilgan xom turp va uning sharbati ishtaha ochuvchi, o`t pufagini bo`shatuvchi eng yaxshi vosita va organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboruvchi tabiiy dori sifatida tavsiya etiladi.

Buyrakdagi toshlarni parchalaydi!

Achchiqlikka moyil glyukozid va xushbo`y efir moylari mavjudligidan turp o`zining xususiyatlari bilan peshob yo`llaridagi tosh paydo bo`lish kasalliklarida ularni eritib, tushirib yuborishdek mislsiz shifobaxshlikka ega.
O`zining foydali shifobaxsh xususiyatlari bilan turp ishtahani, ovqat hazm qilishni, organizmda modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, oshqozon soki va o`t suyuqligi me`yorda ajralishiga yordam beradi.


Aterosklerozni davolaydi!

Turp aterosklerozni davolashda yordam beruvchi sabzavotdir. Xalq tabobatida podagrada, buyrakda tosh paydo bo`lish kasalliklarida turpni ovqatga qo`shib iste`mol qilish tavsiya etiladi. Turp peshob haydash xususiyatiga ega.

Turp bronxitni bartaraf etadi!

Turpni asalga qo`shib yo`talni, bronxitni, yuqori nafas yo`llari katarini davolashda iste`mol qilinadi. Sharbatini qovuq, yurak, bronxlar, revmatizm kasalliklarida ichiladi, shuningdek, bu sharbat balg`am ko`chiruvchidir.

Oshqozon-ichakka foydasi

Turp o`t paydo bo`lishini ko`paytiradi, ovqat hazm qilish bezlari faoliyatini yaxshilaydi, ichaklar peristaltikasi (oshqozon va ichaklarning to`lqinsimon kerilish yoki siqilish harakati)ni yaxshilaydi, antisklerotik xususiyatga ega. Uning bu xususiyatlari ishtahani ochishda, ichaklar atoniyasi (mushak va to`qimalar faoliyati tonusining pasayishi)ni davolashda, qabziyatda, xolesistitda va o`t pufagida paydo bo`lgan tosh kasalliklarini davolash jarayonida foyda beradi.

Teri kasalliklarida qo`llanilishi

Turpda mavjud bo`lgan vitamin S, fosfor, sink va V gruppasiga kiruvchi ba`zi vitaminlar inson terisi uchun juda foydali. Unda mavjud bo`lgan suv teri uchun zarur bo`lgan namlikni saqlashga yordam beradi. Qirg`ichdan chiqarilgan turpdan qilingan maska yuz terisini ajoyib ravishda tozalab, tiniqlashtiradi. O`zining dezinfeksiyalovchi xususiyatlari sababli turp quruqshagan, toshma toshgan, yorilgan terini davolashda chiroyli yordam beradi, shuningdek yuz terisi hujayralarini yangilaydi.

Tana haroratini me`yorlashtiradi

Turp tana haroratini pasaytiradi, ko`tarilgan harorat natijasida kelib chiqqan shamollashni olib bartaraf qiladi. Bunday holatda turp sharbatiga biroz tuz qo`shib ichish foyda beradi. Ajoyib dezinfeksiyalovchi vosita sifatida turp shuningdek, haroratning ko`tarilishiga sabab bo`luvchi infeksiyalarga qarshi kurashadi.

Turp iste`moli to`g`ri kelmaydigan holatlar

Turp iste`moli to`g`ri kelmaydigan holatlar – bular jigar va buyraklarning o`tkir shamollashi, ba`zi oshqozon kasalliklarida – masalan, gastritning giperasid ko`rinishida va ichaklarda, agar bu shilliq parda shamollashi bilan bog`liq bo`lsa, shuningdek, ayrim yurak qon-tomir kasalliklarida turp iste`mol qilish mumkin emas.

Quyidagi hollarda turpni ko`p miqdorda muolaja olish maqsadida iste`mol qilish mumkin emas:

  • Homiladorlikda;
  • Ichak (yo`g`on va ingichka) shamollashida;
  • Oshqozon va o`nikkibarmoqli ichak yarasida;
  • Jigar va buyraklar (tosh paydo bo`lgan holatdan tashqari) kasalliklarida;
  • Kislotalilik yuqori bo`lgan gastritda;
  • Yaqinda infarktni boshidan kechirgan kishilarda turpni me`yoridan ortiq iste`mol qilish mumkin emas.


    Boshqa yangiliklar