1

Madad-shifo: ShOLG`OM — MING DARDGA DAVO!

Salomatlik 28.10.2017, 13:20
Madad-shifo: ShOLG`OM — MING DARDGA DAVO!

Sholg`om oziq-ovqat mahsuloti sifatida keng iste`mol qilinishi bilan birga, undan qadimdan qator kasalliklarga davo sifatida foydalanib kelingan.

Abu Ali ibn Sino sholg`omning o`rtasi o`yilib, mum va gulmoy solinib qo`rda ko`milgani bilan teri kasalliklarini, sovuqdan paydo bo`lgan yara va yorilishlarni davolagan.

Qaynatib pishirilgan sholg`om ko`krak qafasi va tomoqni yumshatishda ishlatilgan. Sholg`omni go`sht bilan qaynatib iste`mol etilsa, kishiga mador, ko`zga foyda bo`ladi.

Sholg`omdan xalq tabobatida o`pka, nafas yo`li kasalliklarida, isitma baland bo`lganida, yurak bezovta bo`lganida foydalanilgan. Unda siydik haydash, jarohatlarni tuzatish hamda antiseptik, og`riq qoldiruvchi xususiyatlar ham mavjud.

Sholg`omning qaynatib pishirilgani hamda uning sharbati bronxial astma, ko`ksov kasalligida qatiq yo`tal paydo bo`lganda, o`tkir laringitda, shamollash natijasida ovoz yo`qolganda, uyqusizlikda foyda beradi.

Uy sharoitida sholg`omdan dori tayyorlash

Uy sharoitida sholg`omdan dori tayyorlash uchun 2 osh qoshiq maydalangan sholg`om ustiga bir stakan qaynoq suv solib, 15 daqiqa davomida qaynatib ichiladi. Bu qaynatma uyqu oldidan iste`mol qilinsa, tinchlantiruvchi dori vazifasini o`taydi.

U bilan g`arg`ara qilinsa, tomoq va tish og`rig`iga davo bo`ladi. Pishirilgan sholg`om bo`tqasini podagra bilan kasallangan joylarga bog`lab qo`yilsa, ijobiy natija beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1