1

Madad-shifo: “O`G`LIM TEZ-TEZ XASTALANYaPTI...”

Salomatlik 28.10.2017, 16:06
Madad-shifo: “O`G`LIM TEZ-TEZ XASTALANYaPTI...”

— To`rt yoshli o`g`limning sog`ligidan xavotirdaman, tez-tez shamollab qolayapti, goh tomog`i, gohida esa qulog`i og`riydi. Bir hafta avval ichi surib, ishtahasi yo`qoldi. Antibiotik dorilarni ham ichirdim, ammo foydasi bo`lmayapti, nima qilishni maslahat berasiz?

Shohida Sulaymonova, Navoiy viloyati

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Bu holatda farzandingizni pediatr shifokor ko`rigidan o`tkazishni maslahat beraman. Umumiy qon va axlat tahlili hamda gijjalarga analiz topshirilishi lozim.

Lozim topilsa, immunogramma o`tkazilib, immunitet holati baholanadi. Ikkilamchi immunotanqislik aniqlanganida, bolakay ko`proq havoda sayr qilishi, to`g`ri ovqatlanishi hamda asosiy kasalliklar (surunkali tonzillit, kamqonlik, gipovitaminoz, disbakterioz, gelmintoz) davolanishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1