1

Madad-shifo: “KALSIY ERKAKLARGA FOYDALIMI?”

Salomatlik 28.10.2017, 16:46
Madad-shifo: “KALSIY ERKAKLARGA FOYDALIMI?”

— Eshitishimcha, o`rta yoshli erkaklarda suyaklar mo`rtlashishi kuzatilar ekan. Buning oldini olish uchun kalsiy preparatlarini qabul qilish mumkinmi? Kalsiy miqdorini aniqlashga doir qanday tahlillar bor?

Bahrom Usmonov, Surxondaryo viloyati

Sunatilla YO`LChIEV, sport-shifokori:

— Har qanday makro va mikro elementlar tegishli qon tahlilidan so`ng buyuriladi. Hech biri mustaqil, shifokor ko`rigisiz qabul qilinmasligi lozim. Mikro elementlar orasida antoganizm va sinergizm mavjud, masalan, kalsiy ko`p miqdorda organizmga kirsa, magniy elementi kamayadi. Natriy mikroelementi keragidan ortib ketsa, kaliy elementi chiqib ketadi.

Qon tahlilida kalsiy miqdori me`yordan kamaygani va peshob suyuqligidan ko`p ajralib chiqayotgani aniqlansagina, ushbu modda mujassamlangan preparatlar tavsiya etiladi.

Sizga maslahatim, yashash hududingiz bo`yicha poliklinikaga murojaat qilib, terapevt ko`rigidan o`ting. Zarur hollarda tor doiradagi mutaxassislarga yo`naltirilib, kalsiy miqdorini aniqlashga doir qon tahlili buyuriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1