Professional bokschi Xurshidbek Normatov faoliyatidagi to`rtinchi jangini o`tkazdi.
AQShning Mashantuket shahridagi Foxwoods Resort kazinosida o`tkazilgan boks kechasida hamyurtimiz Bryus Lachmedialga qarshi 6 raundlik jangda ringga ko`tarildi va raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Bu Normatovning professional ringda qo`lga kiritgan to`rtinchi g`alabasi bo`ldi. Kanadalik 26 yoshli Bryus esa bugun oltinchi jangini o`tkazdi. Uning hisobida 2 ta g`alaba va bugungisi bilan hisoblaganda 4 ta mag`lubiyat bor.






