Vapi, Hindiston

Bu shahar ifloslanishi minglab sanoat korxonalarining faoliyati bilan bog`liq. Korxonalardan chiqayotgan axlatlar odamlarni shaharda yashab bo`lmaydigan ahvolga olib kelgan. Yuz ming tonna axlatlar, metallar, on minglab kasal insonlar shaharni katta axlatxonaga o`xshatib qo`ygan. Ko`p sonli majruh va surunkali kassaliklar bilan tug`ilayotganlar soni oshib borishi, shaharni yashash uchun yaroqsizligidan dalolatdir.
Linfen, Xitoy

Bronxit, o`pka saratoni, pnevmoniya va boshqa kasalliklar avj olgan shahar. Bularning barchasiga shaharda faoliyat yuritayotgan toshko`mir saonati sababchisidir. Katta hajmda atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli moddalar nafaqat havoni balki ichimlik suvlarini ham zaharlamoqda.
La Oroya, Peru

Bu shahar aholisining ko`p qismi qonda qo`rg`oshin borligi bilan og`rimoqda. Qo`rg`oshin markaziy
nerv tizimini buzilishiga, immunitetni tushib ketishi va saraton kasalligiga olib keladi. La Oraya shahrida AQSh kompaniyalari qo`rg`oshin, rux va mis qazib olish bilan shug`ullanadi.
Dzerjinsk, Rossiya

Dzerjinsk Rossiyaning eng ifloslangan shahridir. Bu erda taksinlar ko`rsatkichi me`yordagi million barovar ortiq. Shaharda yuz ming tonnalab kimyoviy axlatlar ko`milgan. Shahar havosi, suvi va tuprog`i fenol va boshqa zararli moddalar bilan zaharlangan. Bu shaharda o`rtacha umr davomiyligi 45 yilni tashkil qiladi.
Norilsk, Rossiya

Bleksmit istituti olimlari Norilskni dunyoda eng ifloslangan shaharlaridan biri deya
ta`kidladi. Tog`-kon sanoatining faoliyati oqibatida atmosferaga tonnalab zararli moddalar chiqarib yuborilmoqda. Bu nafaqat aholining sog`lig`iga balkim, shaharda qora qor, kislotali yomg`ir yog`ishiga olib kelgan. Norilsk deyarli yashash uchun yaroqsizligiga qaramay, shaharda yuz minglab kishi istiqomat qiladi.
Kabve, Zambiya

Bu shahar Zambiyaning sanoat markazi hisoblanadi. Korxonalar faoliyati davomida tonnalab zararli moddalar, taksinlar bilan atmosferani zaharlamoqda.
Gaina (Xayna), Dominika Respublikasi

Bu shahar Dominika Respublikasining g`arbida joylashgan. Shahar aholisining yuz mingga yaqini qo`rg`oshin bilan zaharlangan. Gaina shahri avtomobil uchun akkumlyator ishlab chiqarish bo`yicha jahonda birinchi o`rinda turadi. Eskirib qolgan ishlab chiqarish jarayoni sababli atmosferaga ko`plab zararli moddalar chiqib ketgan. Bularning barchasi aholida majruh tug`ilishlarni, ruhiy va ko`z kasalliklarini ortishiga olib kelmoqda.