1

​GIJJALARGA QARShI KURAShAMIZ

Salomatlik 31.10.2017, 09:57
​GIJJALARGA QARShI KURAShAMIZ

Gijjalardan saqlanishning yagona yo`li – bir kunda ma`lum daqiqalarni shaxsiy gigiena qoidalariga ajratish hisoblanadi.

10 soniya ichida siz...

Meva-sabzavotlar tanovulidan oldin ularni yuvib, qaynoq suvda chayishga ulgurasiz. Aynan shu tavsiya idish-tovoqlar, go`sht to`g`ralgan pichoq va taxtachaga ham taalluqli.

3 daqiqa ichida siz...

Jumrak oldiga kichik cho`tkacha tursin. Kichkintoyingiz sayrdan qaytishi, hojatxonadan chiqishi bilan 2-3 yoshligidan boshlab, cho`tkachani obdon sovunlab, tirnoq atrofi, barmoqlar orasini xuddi shifokorlardek uzoq va erinmay ishqalab yuvishga o`rgating. Bu ishni o`yin tarzida olib boring. Kichik tabib “muolajasi”ni tugatgach, cho`tkachani qaynoq suvda chayib joyiga qo`ying. Unutmang, sovun tarkibidagi ishqorlar virus, mikrob va gijjalar ustidagi himoyalovchi qobiqni eritib parchalaydi va shu yo`l bilan bizni ulardan himoyalaydi.

15 daqiqa ichida siz...

Xonalarni kunora nam lattada artishga ulgurasiz.

20 daqiqa ichida siz...

Ko`katlarni 20 daqiqaga suvga solib qo`ying. Keyin jumrak tagida 3 marta yaxshilab chayib, so`ng iste`mol qiling.

3 kun ichida siz...

Bu vaqt oralig`ida bir marta bo`lsa-da bola o`ynagan elim o`yinchoqlarni idishga solib, ustiga qaynoq suv quyib, 5 daqiqa o`rta olovda qaynatsa bo`ladi.

1 hafta ichida siz...

Idish yuvishda foydalanadigan matoni almashtirishingiz lozim. Chunki undan bu vaqtdan ko`p foydalanib bo`lmaydi. Aks holda, zararkunandalar yig`iladigan joyga aylanadi.

Har doim siz...

bolaning kiiymlarini yuvib, oftobda quritib, ichki kiyimlariga, albatta, dazmol bosing.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1