10.02.2014 15:03
O`zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini “Bunyodkor”da o`tkazadi
OCh saralashi doirasidagi O`zbekiston - BAA uchrashuvi 5 mart kuni soat 17:00da Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo`lib o`tadigan bo`ldi. Bu haqda UFFning tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.
Eslatib o`tamiz, terma jamoamiz o`zining so`nggi uy uchrashuvini “Paxtakor” stadionida Vetnam terma jamoasiga qarshi o`tkazgan edi. BAA terma jamoasi hozircha 5 ta uchrashuvda yuz foizlik natija ko`rsatib, 15 ochko bilan guruhni birinchi o`rin bilan yakunladi. Mehmondagi uchrashuvda terma jamoamiz BAAga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan.