11.02.2014 10:47
Ikki yoshli bola 10-qavatdan qulab tirik qoldi
Bolaning onasi uyda bo`lgan, ammo bolani deraza tokchasiga chiqib olganini bilmay qolgan. Bola ko`chadagi qor tufayli tirik qolgani haqida aytilmoqda. Qalin qor yiqilishdagi zarbani yumshatgan.
Voqea 10 fevral kuni soat 15:45da ko`p qavatli uyda sodir bo`lgan. Ona boshqa xonada bo`lgan paytda bola deraza tokchasiga chiqqan va ochiq oynadan tushib ketgan.
Bo`lgan voqea haqida guvohlardan biri tez yordamga xabar qilgan. Bola hozir viloyat bolalar shifoxonasining reanimasiya bo`limida. Huquqni himoya qilish organlari fojea yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlashdi. Dastlabki tergov natijalariga ko`ra bola yashayotgan oilada ijobiy muhit hukmron bo`lib, xech qanday ro`yxatda turmasligi aniqlangan.