11.02.2014 11:53
Temurxo`ja Abduxoliqov Xorvatiya klubi bilan shartnoma imzoladi
Bu haqda Split klubi rasmiy sayti [url=http://hajduk.hr/vijest/tima-potpisao-za-hajduk/4378]xabar bermoqda.
Futbolchi «Xayduk»ning Turkiyadagi yig`inida ishtirok etgan, Gruziyaning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushgan edi. Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, Abduxoliqovning harakatlari jamoa murabbiylariga ma`qul kelgan.
Futbolchi yangi jamoasida 15-raqam ostida to`p suradi. Abduxoliqovni tanishtirish marosimi futbolchi Xorvatiyaga etib borganidan so`ng bo`lib o`tadi.