1

TIShIDA TEPLOVOZ SUDRAGAN YIGIT

Rekord 02.11.2017, 16:01
TIShIDA TEPLOVOZ SUDRAGAN YIGIT

Siz suratda ko`rib turgan yigit Sardor Tursunaliev, asli pahlavonlarnaslidan. 1994 yilda tug`ilgan. Mamlakatimizning zabardast polvonlaridan Tursun Ali polvonning nabirasi. Besh yoshligidan bobosi bilan turli tadbirlarda, tomoshalarda ishtirok etib, xalqning olqishi, duosini olib kelmoqda. 11-12 yoshlarida bayramlarda kichkina polvon sifatida o`z kuchi, imkoniyatlarini ko`rsatib kelmoqda...

2009 yili poytaxtdagi“Milliy bog`”da “Bahodirlar o`yinlari” musobaqasi bo`lib o`tdi. Unda xorijiy mamlakatlardan kelgan sportchilar ham ishtirok etishdi. Musobaqada Sardor ham ishtirok etib, o`z mahoratini ko`rsatdi. U katta-katta toshlarni osmonga irg`itib, avtobusni tishida tortish mashqini ham ko`rsatib berdi. Xuddi o`sha tomoshada bir rossiyalik polvon paravozni bitta vagoniga qo`shib, elkasiga “xomut” qilib tortgan. 36 tonnalik bu ulkan “yuk”ni Sardor ham tishida tortganini ko`rgan tomoshabinlar hayratda qolishdi. Holbuki, rossiyalik polvonning yoshi ancha katta, vazni 130 kilogramm edi. Sardor esa endi 18 ga kirgan o`spirin, vazni ham 70 kg. bo`lgan.

Oradan olti yil o`tib, Sardor o`z rekordini yangiladi. 2015 yilning fevral oyida u 45 tonna og`irlikdagi ikkita vagon va teplovozni tishi bilan bir necha metrga sudrab bordi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1