1

O`ZBEKISTONDAGI ENG BALAND ShARShARA

Rekord 02.11.2017, 16:18
O`ZBEKISTONDAGI  ENG BALAND  ShARShARA

Surxondaryo viloyati jannatmonand O`zbekistonning issiq iqlimli viloyatlaridan biri hisoblanadi. Viloyatning Boysun tumani shimoliy-sharqida ulkan va azim Bobotog` joylashgan. Tabiati ajoyib, o`simliklar dunyosi rang-barang, hayvonot olami turfa bu manzil zilol suvi, minglab buloq va chashmalari bilan nom qozongan. Nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyoda o`ziga xos ulug`vorlik kashf etgan O`zbekistondagi eng baland va go`zal sharsharalardan biri “Sangardak” ham aynan shu erda joylashgan. Ulkan qoyalardan kamalakmisol tovlanib tushayotgan benazir va bebaho suv bahru-dilingizni ochadi. Unga qarab huzurlanasiz, ko`zlar quvnaydi. Toza havodan to`yib-to`yib nafas olgingiz keladi. Janub taftidan biroz bo`lsa-da, orom olishga intilgan yurtdoshlarimiz bu so`lim, bahavo maskanga intiladi. Balandligi qariyb 150 metr, yoysimon shakldagi eni 80 metrcha keladigan sharshara toshdan-toshga urilib, kishi ruhiyatini “allalaydi”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1