19 yoshgacha bo`lgan O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonda o`tayotgan Osiyo chempionatiga saralash bahslarining “V” guruhida Tojikiston, Shri-Lanka, Maldiv orollari va Bangladesh terma jamoalari bilan bahslashmoqda.
Futbolchilarimiz dastlabki uchrashuvini Shri-Lanka futbolchilariga qarshi o`tkazdi. Hujumkor o`yin namoyish etgan terma jamoamiz a`zolari raqiblarini 10:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Aleksandr Mochinov shogirdlari 4 noyabr kuni Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Eslatib o`tamiz, yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati 2018 yil 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari Indoneziyada bo`lib o`tadi.






