1

Gigant timsoh “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritildi

Rekord 04.11.2017, 12:58
Gigant timsoh “Ginnessning rekordlar  kitobi”ga kiritildi

Filippin qishloqlaridan birida ketma-ket ro`y bergan baxtsiz voqealar aholini qotil timsohni izlashga majbur qildi. Nihoyat barchaning oromini o`g`irlagan timsoh ushlandi. Hammasi shundan so`ng boshlandi…

Mahalliy xalq yirtqichga Lolong deb nom berdi. (“long” so`zi inglizcha “uzun” degan ma`noni anglatadi, “lolong” esa “uzundan-uzun” degani bo`lsa kerak). Chunki u bugungacha dunyodagi eng uzun deb hisoblangan timsohni 70 sm.ga ortda qoldirgandi. Qo`lga olingan timsohning uzunligi 6.17 metr, vazni esa bir tonnadan ziyod.

Mahalliy aholi yirtqichdan ancha jabr ko`rganiga qaramay, uni timsohlar qo`riqxonasiga topshirib yubordi. Ehtimol, ular shu yo`l orqali rekordchi timsohga muruvvat ko`rsatishgandir?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1