9 noyabr kuni oliy liganing 28-turida "Paxtakor" "Olmaliq"ni qabul qiladi, va aynan shu o`yinda futbol afsonai mehmon sifatida tashrif buyuradi deb xabar beradi pakhtakor.uz sayti.
Ushbu uchrashuvga tashrif buyurib, ko`plab sovg`alarga ega chiqish va ularni jahon futboli afsonasi, “Barselona” klubining sobiq himoyachisi Karles Puyoldan qabul qilish imkoniyati ham mavjud.
Eslatib o`tamiz, sentyabr oyida O`FF prezidenti Umid Ahmadjonov, O`FF Ijroqo`mi a`zosi va "Paxtakor" FK prezidenti Bobur Shodiev Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashib, yurtimizda futbol targ`ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O`zbekistonga taklif qilishda FIFAdan amaliy yordam ko`rsatishni muhokama qilishgandi. Puyolning mamlakatimizga tashrifi shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilmoqda.
Karles Puyol "Paxtakor" va "Olmaliq" o`rtasidagi uchrashuvga tashrif buyuradi. O`yingacha yosh futbolchilar uchun mahorat sabog`i ham tashkil etiladi.






