1

Asarlari eng ko`p tirajda sotilayotgan adib

Rekord 07.11.2017, 10:56
Asarlari  eng ko`p  tirajda  sotilayotgan  adib

Paulo Koelo zamonaviy yozuvchilar orasidagi eng taniqli namoyandalardan biri. Uning kitoblarini dunyoning istalgan nuqtasidan topish mumkin. Qolaversa ular juda katta tirajda sotiladi. Aynan ushbu jihat tajribali ijodkor nomini “Ginnessning rekordlar kitobi”ga muhrlab qo`yish uchun etarli bo`ldi. Birgina Koeloga mislsiz shuhrat keltirgan “Alkimyogar” romani jahonning 120 mamlakatida, 67 tilda chop etilgan.

Yozuvchining “Veronika”, “Olam jangchisi”, “Prim xonimlari”, “Oltinchi tog`”, “Rio-Pedra sohilida”, “O`n bir daqiqa” romanlarini bugun butun dunyo qiziqib o`qimoqda.

Paulo Koelo ijodiga mushtariylar orasida qiziqish shu darajada kuchli ekanligidan nufuzli nashriyotlar uning yangi asari yozib tugatilmasdanoq chop etish huquqini qo`lga kiritadilar. Oxirgi statistikaga ko`ra, braziliyalik yozuvchining asarlari jahonning 150 mamlakatida jami 90 million nusxada sotilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1