1

ENG ChAQQON TOShBAQA

Rekord 07.11.2017, 11:00
ENG ChAQQON TOShBAQA

Berti dunyodagi eng chaqqon toshbaqa sifatida rasman tan olindi. U bir soniyada 0,28 mil tezlikda (0,6 mil/soat) harakatlanib, 1977 yilda o`rnatilgan rekordni yangiladi. Odatiy toshbaqalar tezligidan ikki karra yuqori tezlikni namoyish etgan Berti 100 metr masofani bor yo`g`i 6 daqiqa ichida bosib o`tdi. Adventure Valley ko`ngilochar markaziga tashrif buyurgan mehmonlar toshbaqaning tezkor xatti-harakatidan hayratga tushishganini yashirib o`tirishmadi. Majmua egalari Marko va Jannet Kalzinining ma`lum qilishicha, ular endi o`zlarining rekordchi jonivorlari uchun alohida muhtasham joy ajratadilar. “Ginnessning rekordlar kitobi” vakillari tomonidan berilgan sertifikat esa toshbaqaning uychasiga o`zgacha ko`rk bag`ishlab turadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1