AsosiyJamiyat

GYuNTER OVERFELD BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa BULUNG`UR TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI

'GYuNTER OVERFELD  BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa BULUNG`UR TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI'ning rasmi

GERMANIYa FEDERATIV RESPUBLIKASINING O`ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELChISI GYuNTER OVERFELD BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa BULUNG`UR TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI.

Mehmonlar dastlab tuman irrigasiya tizimi tasarrufidagi “Bot-bot”kanalida Germaniya Taraqqiyot banki loyihasi asosida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda"Turkiston-press" AA xabar bermoqda.

Tuman hokimi B.Bahromov mehmonlarga Bulung`urning tabiati, tabiiy iqlimi, geografik joylashuvi, transport kommunikasiya imkoniyatlari haqida so`zlab berdi.

2010 yilda Germaniyadagi nufuzli bank tomonidan berilgan imtiyozli sarmoya asosida “Bot-bot”kanalining 3,8 kilometri, ya`ni “G`o`bdin”agrofirmasi hududi va kanalning “Bulung`ur”agrofirmasiga kirish qism betonlashtirildi.

So`ng mehmonlar tumandagi qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejiga tashrif buyurdi. Muassasada Germaniya taraqqiyot bankining imtiyozli krediti hisobidan “Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida kasb-hunar ta`limini rivojlantirishga yaqindan ko`maklashish”loyihasi bo`yicha suv, gaz ta`minoti va kanalizasiya tizimlarini o`rnatish yo`nalishida o`quv ustaxonalarida olib borilayotgan o`quv-amaliy mashg`ulotlarga guvoh bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar