Kelin uchun eng ulkan to`y guldastasi 1500 guldan tayyorlangan. Uzunligi 60 metrgacha etgan. Hindistonlik kelin-kuyovning mazkur noodatiy to`y marosimi 2003 yilning 6 sentyabrida Kanadaning Mississoga shahrida bo`lib o`tgan. 92 kg. og`irlikka ega to`y guldastasida 500 dona atirgul, 400 dona chinnigul, 60 ta liliya, 200 dona dastorgul va 340 dona gipsofilni uchratish mumkin. Tabiiyki, bunday bahaybat guldastani kelinning bir o`zi ko`tarishi amri mahol, shu tufayli unga 79 ta dugona va 47 ta kuyov jo`ra yordamlashdi.






