AsosiySport

FUTBOL BO`YIChA O`ZBEKISTON ChEMPIONATI OLIY LIGACI 28-TUR O`YINLARI BOShLANDI

'FUTBOL BO`YIChA O`ZBEKISTON ChEMPIONATI OLIY LIGACI 28-TUR O`YINLARI BOShLANDI'ning rasmi

FUTBOL BO`YIChA O`ZBEKISTON ChEMPIONATI OLIY LIGACI 28-TUR O`YINLARI BOShLANDI

“Mash`al” o`z maydonida “Qizilqum”ni yirik 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Gollarga Igor Timanyuk, Nikita Pavlenko, Humoyun Murtazoev, Shahzod Shaymanov mualliflik qildi.

Namanganda o`tkazilgan “Navbahor” va “So`g`diyona” o`rtasidagi uchrashuvning 29-daqiqasida A`zam Aliev hisobni ochgan bo`lsa, 38-daqiqada Nemanya Yovanovich raqib darvozasini ishg`ol etib, hisobni 2:0 ga etkazdi. Ikkinchi bo`limning boshlarida “So`g`diyona” jamoasi a`zosi Sanjar Rashidov hisobni qisqartirdi – 2:1. Bu golga javoban namanganlik futbolchilar Azizbek Turg`unboev va Abbos Otaxonov vaziyatlardan unumli foydalanib, hisobni 4:1 ga etkazdi.

Shuningdek, “Dinamo” “Neftchi”ni 1:0, “Lokomotiv” “Buxoro”ni 2:0 hisobida engdi.

Bugun, 9 noyabr kuni “Nasaf” – “Sho`rtan”, “Paxtakor” – “Olmaliq” va “Qo`qon-1912” – “Bunyodkor” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar