BRITANIYa XALQARO RIVOJLANISh VAZIRI ISTE`FOGA ChIQIShINI BILDIRDI
8 noyabr kuni Buyuk Britaniya Xalqaro Rivojlanish vaziri Priti Patel so`nggi bir hafta davomida ikkinchi marobata iste`foga chiqishi haqida ma`lum qilmoqda. Bu haqda bugun "Euronews" telekanali ma`lum qilmoqda. Shu munosabat bilan mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga o`z uzrini etkazdi. Vazir shu yil avgust oyida Isroilga amaliy tashrifi chog`ida bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan norasmiy uchrashuvini iste`foga chiqishning asosiy sababi deb ko`rsatmoqda. Eslatib o`tamiz, Patel ushbu lavozimga 2016 yil iyul oyida tayinlangan. Shu yil 1 noyabr kuni mamlakat Mudofaa vaziri Maykl Fellon ham o`z iste`fosini ma`lum qilmoqda.






