Inha universiteti “Joongang Daily” nashri tomonidan chop etilgan Janubiy Koreya oliy o`quv yurtlari reytingida 10-o`rindan 8-o`ringa ko`tarildi. Reytingdan 189 ta universitet joy oldi.
Mazkur nashrning universitetlar reytingi Janubiy Koreyalik oliy o`quv yurtlari uchun boshqa xalqaro reytinglardan muhimroqdir va ular ushbu reytingdagi natijalarini muntazam yaxshilab borishga intiladilar.
Yangi “ Joongang Daily ” reytingida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 182 ball bilan 8-o`rinni egalladi. O`tgan yili universitet 177 ball bilan 10-pog`onada edi.
Ta`kidlash lozimki, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 2014 yildan beri ushbu reytingdagi natijasini yangilab kelmoqda. 2014 yilda “ Joongang Daily ” reytingida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 14-o`rinda bo`lsa, 2015 yilda ta`lim muassassasi 13-o`ringa ko`tarildi. O`tgan yili esa universitet 10-pog`onani egalladi.
Inha universiteti ko`rsatkichlarning ko`pida birinchi 10 talikda, yoki unga yaqin o`rinlarda joylashdi. Misol uchun, oliy o`quv yurti “Talabalarning o`zlashtirishi” ko`rsatkichi bo`yicha 3-o`rinni egalladi. “Xodimlarni ishga olish uchun tavsiya qilinadigan universitet” va “Maktabni bitirgach, o`qish uchun eng yaxshi universitet” bo`yicha ko`rsatkichlarda 6-o`rinni egalladi.
Eslatib o`tamiz, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti O`zbekistonda ham o`zining yuqori sifatli dasturlarini taklif etmoqda. 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti ochildi.
Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) yoshlarga «Kompyuter va dasturiy injiniring» va «Logistika» yo`nalishlari bo`yicha o`quv dasturlarini taklif etmoqda.
10.11.2017 11:36
INHA UNIVERSITETI 8-O`RINGA ChIQDI






