AsosiyDunyo

Bugatti superkarlariga xaridor topilmayapti

Bugatti kompaniyasi noodatiy muammoga duch keldi.

Buggatti’ning yagona modeli bo`lgan Veyron 2005 yilda taqdim etilgan bo`lib,  yangi modellar haqida bosh qotirish vaqti kelganday edi.  Ammo kompaniya eski modellarni sotmay turib, yangisi ustida ish boshlay olmaydi.
 
2006 yil savdoga chiqarilgan Bugatti Veyron 300 ta nusxada bo`lgan. Kompaniya besh yil davomida aynan shu mashinalarni sotib kelgan. Veyron Grand Sport modeli esa 150 nusxada ishlab chiqarilgan va  hozirgacha  sotilmadi. Qolgan mashinalarning ummumiy narxi 62 million evroni tashkil qiladi.
 
Bloomberg nashrining xabar qilishicha, Bugatti kompaniyasi AQShda Dynamic Drive Experience dasturini ishga tushirgan. Dasturga ko`ra, xaridorlar maxsus yo`llarda yoki ko`chalarda mashinani xaydab ko`rish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu yo`l bilan kompaniya mijozlarga superkarning asl kuchini ko`rsatib, mashinaning sotilishini ta`minlamoqchi.   Bu Grand Sport giperkari narxi 1,43 million evro bo`lsa,  Grand Sport Vitesse 1,7 million evroga teng.
 
Bu dastur orqali kompaniya haftasiga 20 ga yaqin potensial mijozlarga ega bo`lmoqda. Ammo ulardan bir nechtasigina mashinani harid qilishmoqda. Kompaniya vakillari barcha mashinalarni sotish uchun 1 yil ketishini aytishdi.
               
 

    Boshqa yangiliklar