19.02.2014 09:14
EChL. "Barselona" "Manchester Siti"dan ustun keldi(VIDEO)
1/8 finalidagi eng qiziqarli uchrashuv deb hisoblangan “Manchester Siti” hamda “Barselona” klublari o`rtasidagi uchrashuvida “Barsa”ning qo`li baland keldi. Butun uchrashuv teng kurashlar bilan o`tdi. Birinchi bo`limda hisob ochilmadi. Ikkichi bo`limda jarima maydonchasi ichida Messini yiqitgan Demichelis o`yindan chetlatildi. To`p oldiga kelgan Messi penaltidan unumli foydalandi. O`yinning so`nggi daqiqalarida esa Dani Alves hisobni 0:2ga etkazdi.
Kunning ikkinchi uchrashuvida esa “PSJ” mehmonda “Bayer”ni yirik 0:4 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda Ibrohimovich dublga erishdi.
Bugun yana ikki uchrashuv bo`lib o`tadi. “Arsenal” o`z maydonida “Bavariya”ni qabul qilsa, “Atletiko Madrid” “Milan” mehmoni bo`ladi.
“Sport” telekanali orqali “Arsenal” - “Bavariya” uchrashuvi to`g`ridan-to`g`ri olib beriladi.