19.02.2014 10:54
BMT Kim Chen Inni zo`ravonliklari uchun sud qilishni taklif qildi
Bir yil davomida xalqaro kommisiya dalillar yig`di va 372 betli hisobotni Jenevada taqdim etdi. Hujjatlarning yana bir nushasi bilan birga ilova xati Kim Chen Inga yuborildi. Unda Shimoliy Koreya rahbari uning tizimida qilingan barcha jinoyatlarga shaxsan o`zi javob berishi haqida ogohlatrilgan.
KXDRdagi insoniylikka qarshi jinoyatni buyurayotgan yoki uni bajarayotgan har bir amaldor Xalqaro qonunga ko`ra, jinoiy javobgarlikka tortiladi,-deyiladi xatda.
Komissiya rahbari Maykl Kirbining aytishicha, KXDRdagi yuqori siyosiy lavozimdagi yuzdan ortiq mansabdor shaxslar halqaro tribunal tomonidan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Hisobotda siyosiy terror va o`n minglab siyosiy mahbuslarning konsentrasion lagerlarda saqlanishi haqidagi dalillar mavjud. Shuningdek, ko`p sahifali hujjatlarda ayol va bolalarga nisbatan zo`ravonlik, ochlikda saqlash, repressiyalarning aniq faktlari keltirilgan.
Ekspertlarning aytishicha, Shimoliy Koreya rahbariga nisbatan ayblovlar o`zgarmagan va hujjatlarda yangi ayblov yo`q. Biroq keltirilgan ayblovlarning dalillari ilk bor BMT darajasida tan olindi.
Endi taqdim etilgan hujjat ustida maxsus komissiya ish olib boradi va shu yilning mart oyida inson huquqlari to`g`risidagi BMT yig`ilishida xulosalar aytiladi.





