1

Facebook WhatsApp messenjerini sotib oladi

Hi-tech 20.02.2014, 09:58
Facebook WhatsApp messenjerini sotib oladi
Dunyodagi eng yirik Facebook ijtimoiy tarmog`i WhatsApp messenjerini 19 milliard AQSh dollari evaziga sotib oladi.

Kelishuv kompaniya aksiyalari va pul mablag`lari orqali to`lanishi ko`zda tutilgan. 

ITAR-TASS axborot agentligining ma`lumotlariga ko`ra, WhatsApp xizmatidan 100 dan ortiq mamlakatlarda foydalanishadi. Ushbu ilovani iOS, Android, BlackBerry, Nokia S40, Symbian hamda Windows Phone platformalarida ishlovchi qurilmalarga o`rnatish mumkin. 

Ta`kidlash joizki, WhatsApp’ning har oylik foydalanuvchilari soni 400 milliondan ortiqni tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1