1

Madad-shifo: “ONAMNING O`T PUFAGIDA TOSh BOR...”

Salomatlik 13.11.2017, 13:38
Madad-shifo: “ONAMNING O`T PUFAGIDA TOSh BOR...”

— Bundan uch yillarcha avval onamning o`t pufagida tosh borligi aniqlandi. Garchi tosh hajmi kichik bo`lsa-da, joyidan siljiganida og`riq beradi. Bunday bo`lmasligi uchun nimalarga ahamiyat berish lozim? O`t pufagi kasallanganlarga qanday taom va eguliklar tavsiya etiladi?

Zarifa Po`latova, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— O`t pufagida tosh aniqlanganida uning o`lchamiga ko`ra dori vositalari yordamida toshni eritib tushirish yoxud operativ davo choralari qo`llaniladi. Tosh joyidan siljiganida og`riq berishi, bezovtalik keltirib chiqarishi tabiiy hol. Bunday bo`lmasligi uchun esa shifokor buyurgan preparatlarni o`z vaqtida qabul qilish va och yurmaslik lozim.

Parhezbor eguliklar o`t pufagiga zo`riqish tushishiga qarshi eng yaxshi profilaktika chorasidir. Bunda oz-ozdan, tez-tez taomlanish, achchiq, sho`r, ziravorli mahsulotlarni iste`mol qilmaslik, gazlangan ichimliklardan tiyilish lozim. Bordi-yu bezovtalik zo`rayib boraversa, albatta qayta tibbiy ko`rikdan o`tish talab etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1