AsosiyShou-biznes

Shohruhxon Tohir Sodiqovga kuyov bo`lmoqchi?!

Shou biznes olamida har qanday gap juda tez tarqaladi. Shundaylaridan biri kuni kecha o`zining “Sen ketma” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan Shohruhxon O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Sodiqovga kuyov bo`layotgani bo`ldi.

Bu xabarga oydinlik kiritish maqsadida san`atkorlarning o`zlari bilan bog`landik.
 
Tohir Sodiqov: — (Avvaliga biroz ajablanib) Birinchidan qizim judayosh. O`qishi kerak. Uni uzatish haqida hali o`ylab ko`rganimiz ham yo`q. Ikkinchidan esa kuyovim Shohruxxon deb o`ylayotganlar ham qattiq adashishadi. Ustiga ustak Shoxruhning yoshi qizimdan ancha katta. Qizim turmushga chiqadigan vaqt kelguncha u haqiqiy cholga aylanib qoladi (kuladi).
 
Shohruxxon esa bu savolni eshitib, miriqib kuldi. “Odamlar bekorchilikdan qanday mish-mish to`qishni bilmay endi bu gapni chiqarishibdimi? Tohir aka menning ustozim. 2005 yil sahnaga olib chiqqan inson ham o`zlari. U insonni men ustoz sifatida qattiq hurmat qilaman. Kuyov bo`lish haqida esa hech o`ylab ko`rmagan ekanman (kuladi)”.
 
Darvoqe, yuqoridagi gaplar rost bo`lib chiqqanda, bu xonandalar uchun haqiqiy “bomba” piarga  aylangan bo`lar edi. Ammo shou biznesning mazkur yangiligi quruq mish-mishdan u yog`iga o`tmadi...
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar