1

“Parlamentarizm bilimdoni-2014” on-layn tanlovi e`lon qilindi

Jamiyat 20.02.2014, 17:35
“Parlamentarizm bilimdoni-2014” on-layn tanlovi e`lon qilindi
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy [url=http://www.parliament.gov.uz]veb-saytida yoshlar o`rtasida “Parlamentarizm bilimdoni-2014” on-layn tanlovi e`lon qilindi

Tanlovning asosiy shartlari va talablari 

1. Tanlov ishtirokchisi - 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar. 

2. Tanlovning maqsadi - yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, ular orasida Konstitusiya g`oyalarini va ushbu g`oyalar asosida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga ko`maklashish, milliy parlamentning faoliyati to`g`risida to`liq va ishonchli axborot olishni ta`minlashdan iboratdir. 

3. Tanlovda qatnashish qoidalari - tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar tanlov ishtirokchisi so`rovnomasini to`ldirishlari lozim. Unda o`zi haqidagi ma`lumotlar (ism-sharifi, tug`ilgan yili, ish yoki o`qish joyi, yashash manzili, telefon raqami) ko`rsatiladi. Tanlov ishtirokchisining so`rovnomasi Qonunchilik palatasi veb-saytida joylashtiriladi.
 
4. Tanlovning asosiy shartlari - Tanlovga beriladigan savollar qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida har haftaning seshanba kuni joylashtiriladi. (mart oyidan dekabrgacha). Tanlov ishtirokchilarining javoblari savol e`lon qilingan haftaning yakshanba kunigacha qabul qilinadi. Ushbu muddat davomida tanlovning har bir qatnashchisi savollarga faqat bir marta javob berishi mumkin. shuningdek, ishtirok etishni xohlovchilar tanlovning istalgan turidan boshlab qatnashish huquqiga ega. 

5. Tanlov savollarining yo`nalishlari: 
* O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari; 
* Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati; 
* Deputatlik birlashmalari faoliyati (siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlik guruhlari soni, ularning tarkibi va vakolatlari) 

6. Tanlovni baholash mezonlari - har hafta (hafta tugagunga qadar) seshanba kuni mazkur uchta yo`nalish bo`yicha 3 ta savol 4 ta javob varianti bilan e`lon qilinadi. Har bir to`g`ri javob bir balldan baholanadi. Barcha savol va javoblarning vraiantlari o`zbek va rus tillarida joylatiriladi. Qonunchilik palatasining veb-saytida har dushanba kuni tanlov qatnashchilarining reyting jadvali e`lon qilinadi, unda qatnashchilarning ism-sharifi va umumiy ballari ko`rsatiladi. 

7. Tanlov g`oliblarini aniqlash va taqdirlash - Tanlov natijalariga ko`ra, yig`ilgan ballarning miqdoriga qarab uch nafar g`olib aniqlanadi. (to`plash mumkin bo`lgan eng yuqori ball - 120 ball). Agar to`plangan ballar hisobi tenglashib qolsa, g`oliblar o`rtasida qo`shimcha tur o`tkaziladi. G`oliblar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadilar. Tanlovda qatnashib, Qonunchilik palatasi foliyati bilan yaqindan tanishadilar. 

8. Tanlovni o`tkazish muddati - 2014 yil 4 martdan 2014 yil 1 dekabrgacha. 
On-layn tanlovning o`ziga xos jihati shundaki, unda savollar kompyuterning elektron tarmog`iga kiritilgan bo`lib, javoblar elektron tartibda hisoblab chiqiladi va g`oliblar aniqlanadi. 

Tanlovda faol ishtirok eting va milliy parlamentarizm bilimdoniga aylaning!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1