1

8 marta Ginness rekordini o`rnatgan Jastin Biber

Rekord 14.11.2017, 11:37
8 marta Ginness rekordini o`rnatgan Jastin Biber

Kanadalik xonanda Jastin Biberning ijodini hurmat qiluvchi, ayni vaqtda unga tanqidiy munosabat bildiruvchilar ko`plab topiladi. Ammo uning o`ta iqtidorli va omadi chopgan san`atkorligi rad etib bo`lmas haqiqatdir. Biber haqidagi so`nggi yangilik esa, bu fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi: 22 yoshli xonanda joriy yil nashrdan chiqqan Ginnessning rekordlar kitobining sakkizta sertifikati sohibiga aylandi. Biberning yangi "Purpose" musiqiy albomi bir vaqtning o`zida xuddi shuncha rekord o`rnatdi.

Jumladan, albomdan o`rin olgan "WhatDoYouMean?" nomli qo`shiq Spotify (musiqalarni tinglash ijtimoiy tarmog`i orqali bir hafta ichida 30 723 708 marta, albomning o`zi esa 7 kun mobaynida butun dunyo bo`ylab 250 million marotaba tinglangan. Bundan tashqari, xonandaning ijod mahsuli Tvitterda 85 235 563, YouTube orqali esa 10 478 651 389 bor ko`rilgan. Ayni vaqtda Biber YouTube tarmog`ida eng ko`p obunachi (20 711 202 nafar muxlis)ga ega birinchi raqamli yulduz hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1